avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom buvim mahallamiz faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
QARSHI SHAHAR 22-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI
8- ,,B” sinf o`quvchisi G`oyipov Shohruxning  ,,Mening bobom, Buvim – mahallamiz faxri” mavzusida yozgan inshosi
                                                        Mening bobom buvim mahallamiz faxri
                                                                     Reja:
1.Bobo va buvingizni  hurmat qilasizmi?
2.Ularga qanchalik mehr ko`rsatayapsiz?
3.Keksalarni qanday e`zozlash kerak?
        Mening bobom ham, buvim ham o`qituvchi bo`lishgan. Ular hozir nafaqadalar. Bobomning o`quvchilarijuda ko`p bo`lgan ekan. Ular bayramlarda bobom bilan buvimni ko`rgani kelishadi. Bobomning yuraklari quvonchga to`lib-toshib ketadi. O`sha kuni kechgacha xursandchilik qilishadi. Qiziq voqealarni bir-birlariga aytib berishadi. E`tibor berib qarasam, o`quvchilarning bari yaxshi ishlarda ishlashar ekan .  Bundan ma`lumki, bobom bilan buvimni mahallamiz faollariga qo`shishadi. Bobomni choyxonada ham hurmat qilishadi. Ularning to`rt nafar farzandlari va yetti nabiralari bor. Biz har yakshanba kunlari bayram qilamiz. Bobom nabiralarini to`plab bolalik davrlarini aytib beradilar. Men bobomni tinglashni juda yoqtiraman. Bobom yetim o`sgan ekanlar. Ularning otalari urushning qurboniga aylangan ekan. Bularni eslasalar bobomning ko`zlariga yosh keladi, shunda bizlarni bag`rilariga bosib, otajonlarim deb erkalaydilar. Buvim gullar o`stirishga juda qiziqadilar. Hovlini to`ldirib turfa gullar o`stiradilar .  Bobom esa mahallamiz raisi bo`lganlari uchun ,  ko`p vaqtlarini o`sha yerda o`tkazdilar. Men bobom va buvimni juda yaxshi ko`raman. Bobomn har xil kitoblar keltirib beradilar. O`qigan odam kam bo`lmaydi ,  deya o`rgatadilar. Bobom aytadilarki qarilikning ham o`z gashti bor ekan.
        Aziz bolalar, siz bob ova buvingizga mehr ko`rsatayapsizmi?
        Ularni yolg`iz tashlab qo`ymang. Keksalarni e`zozlash kerakdir. Bobo, buvilaringiz sizga yaxshimi, yomonmi, ular baribir sizga bobo va buvidir. Qarilarni yolg`izlatib qo`ymang. Faroz qilib ko`ring, siz ham farzandingizni oq yuvib, yaxshi kiydirib, ust-boshini butun qilib qo`ysangiz-u, ular katta bo`lgandan so`ng, sizni yolg`izlatib qo`ysa ,  qay ahvolga tushgan bo`lardingiz.
        Shu munosabat bilan prezidentimiz 2015-yilni ,, Keksalarni e`zozlash yili” deb, e`lon qildilar. Joriy yildan boshlab qariyalarga e`tabor  yanada  kuchaytirildi. Keksalargayordam berish, biz yoshlar uchun ham farz, ham qarz hisoblanadi. Keksalardan rahmat eshitish, ulardan duo olish, bu katta baxt!
       Keksalik har kimning ham boshiga tushavermaydi balki ularni bu yorug` dunyoda so`ngi bor ko`rib turgan bo`lishimiz mumkin. Keksalarni yolg`izlatib qo`ysak ular o`zlarini ojiz his qiladilar. Shuning uchun
 
biz ularga doim suyanchiq bo`lishimiz kerak. Keksalarni yo`ldan o`tkazish, yuklarni ko`tarish, ularga yordam berishimiz kerak. Agar biron-bir qariyaning ko`nglini og`ritgan bo`lsangiz, also tashvishlanmang, darhol uzur so`rang, egilganboshni qilich kesmas. Bu dunyoda hammamiz ham mehmonmizdir. Shunday ekan, bir-birimizning ko`nglimizni og`ritmaylik. Kim bilardi qariyalarning yana qancha umri qolgan. Ularning qolgan umrlarini rohat-farog`atda o`tkazishlaria yordam beraylik. Ozbeklarda  ,,Qarisi bor uyning, parisi bor ‘’, degan maqol bor. Dasturxonga eng birinchi otaxonlar yoki onaxonlar qo`l cho`zishadi. Barcha yoshlarni duo qiladigan ,  ularni o`ylab, tashvishlanib qariyalarga rahmat. Keksalarning bir ermagi bo`ladi. Ba`zilar gazeta o`qisa, ba`zilari bog`bonchilikni ermak qilishadi. Buvilarimiz esa kelinlarga uy yumushlarini topshirgisi kelmaydi. Axir aytadilarki, ,,Bekorchidan xudo be`zor”. Biz yoshlar ularning ko`ngliga qarab ish qilaylik. Keksalarga ko`proq toza havo, chiroyli manzaralar yoqadi. Shuning uchun ularni sayrga, dam olish maskanlariga olib borishimiz kerak. Biz boshqalardan mehr oqibatimiz bilan ajralib turamiz. Toki belimizda kuch bor ekan, keksalarga qo`lin cho`zaylik!

Mening bobom , buvim mahallamiz faxri

Арбоблар
Жамият
QARSHI SHAHAR  22-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI
 8- ,,B” sinf o`quvchisi Jo`rayeva Azizaning ,,Mening bobom, Buvim – mahallamiz faxri” mavzusida yozgan inshosi
Mening bobom, buvim mahallamiz faxri
Reja:
1. Keksalarimiz mahallamiz faxri .
2. Keksalar duosi – oltinga teng.
3. Qarisi bor uyning parisi bor .
       Mana bu yil yurtboshimiz tomonidan ,,Keksalarni e`zozlash yili “ deb e`lon qilindi. Darhaqiqat, keksalarimiz bizning yurtimiz kelajagi uchun, shunday tinch kunlarni, musaffo osmonni ko`rish uchun jonlarini fido qilganlar. Har birimiz ularning pand-nasihatlarini qulog`imizga quyishimiz kerak. Keksalarning har bir aytgan nasihatlari, hikmatli so`zlari doim bizni yaxshi yo`lga yetaklaydi. Bobolarimiz, buvijonlarimiz bizning kelajakda yaxshi inson bo`lib yetishishimizni orzu  qilishadi. Biz yoshlar ularning hurmatlarini joyiga qo`yib, xizmatlarini qilishimiz ham qarz, ham farzdir. Shunday ekan, doim hurmat qilib ularning qadriga yetishimiz kerak.
        Har bir uy borki, keksalar bo`lmasa, farishtasiz, faysizdek tuyuladi. Shunday ekan mahallamiz faxri, g`ururi ham bob ova buvilarimizdir. Bizning mahallamizda ham shunday keksa otaxon, onaxonlarimiz  bor. Biz ular bilan doim faxrlanamiz. Ular nafaqat o`z nabiralariga, balki mahallamizdagi barcha bolalarga o`zlarining pand-nasihatlarini ayamaydilar. Buvijonim doim aytadilar: ,,Har bir inson o`zini hurmat qila olsin va atrofdagilarni ham xuddi shunday hurmat qilsin, kattani hurmat, kichikni izzat qilq olsin, shundagina u haqiqiy inson bo`ladi “, deydilar.
         Biz mahallamiz faxriylarini bemalol mahallamiz yuragi deya olamiz. Chunki, Ular mahallamiz gullab-yashnashiga aynan o`z hissalarini qo`shishgan. Bobolarimiz bog` u gulzorlar barpo etib unda erta-yu-kech tinim bilmay mehnat qilishadi. Buvijonlarimiz esa qizlarga do`ppi, quroq, ko`ylak tikishni, bundan tashqari uy-ro`zg`or ishlarini o`rgatadilar. Keksalarimizni qancha ardoqlab, e`zozlasak shuncha kam .
          Bejizga ,,Keksalar duosi – oltinga teng” deyishmaydi. Chunki keksalarimiz duosi mehr muruvvati uchun yurtimiz obod, tinchligimiz uchun doim ular barhayotdirlar. Xalqimiz ,, Oltin olma, duo ol” degani kabi biz ham doim duo olishimiz kerak. Oltin olasan, lekin u bir zum o`tmay tugaydi, lekin duo hechqachon tugamaydigan oltindir .
          Keksalarning xizmatida bo`lib ,  ularning duosini olishga hech narsa teng kelolmaydi. Bobo ova buvilarimiz kelajakda inson bo`lib, yurtimiz rivoji uchun o`z hissamizni qo`shishimizga ishonadilar. Biz bu ishonchni oqlab, unga loyiq bo`lib, Yetishishimizga harakat qilamiz .
         Keksalar bizni yurt koriga yarab uning rivojiga o`z hissasini qo`shuvchi inson b`olib yetishishimiz uchun mehnatsevarlikka, vatanparvarelikka undashadi. Har bir inson borki, keksayib istaydi. Shunday ekan har biri miz keksalarning duosini olib yashaylik.
         ,,Qarisi bor uyning, parisi bor”. Haqiqatdan ham, keksalarimiz bamisoli farishta. Judayam fayzli, osoyishta, farovon xonadonga kirsangiz u uyda, albatta, keksa inson bo`ladi. Chunki keksalar uyning farishtasi, duo qiluvchi mehr – muruvvat manbaidir. Keksa inson ko`p mahallalar ham xuddi shunday fayzli, osoyishta, farovon bo`ladi .Xuddi tarixsiz kelajak yo`qligi singari keksalarsiz yoshlar ham aqlli yetuk fikrli kadrlar bo`lib yetisholmaydilar. Shunday ekan, Keksalarimiz doim biz uchun ardoqli va qasrlidirlar.
         Mening bobom ham shunday faxriy insonlardan. Bobojonimni mahallamizdagi hamma qadrlab, ardoqlaydi. Ayniqsa, har yili 9-may ,,Xotira va qadrlash “ kunida o`quvchilari kelib, ularni ziyorat qilib, duolarini oladilar.
        Bobojonim, daraxt ekishni gullarni parvarishlashni yoqtiradilar. Buvijonim ham hech tinim bilmaydilar. Buvijonim ham hech tinim bilmaydilar. Hech bo`lmasa biror tikish topib uni tikib o`tiradilar. Bobojonim ukam va akamga daraxt o`tqazishni o`rgata yotib, shunday deydilar ,, Birni o`rsang, mingni ek”. Buvijonim esa hozirda menga va mahallamizdagi qizlarga to`qishdan saboq beryaptilar. Ular mahallamizning yuragi deb bemalol, yana bir bor ayta olaman. Mening bobom, buvim mahallamiz faxridir. Ular bilan doimo faxrlanaman . 
 
 

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’lim Vazirligi    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli  22-umumiy o’rta ta’lim maktabi  9-sinf o’quvchisi Safarova Nasibaning “Mening bobom va buvim mahallamiz faxri” mavzusida yozgan inshosi
 
            Mening bobom va buvim mahallamiz faxri
 
                                         Reja:
 
1.     2015-yil “Keksalarni e’zozlash” yili.
2.      Qarisi bor uyning parisi bor.
3.     Xulosa.     
 
                Yurboshimiz tomonida 2015-yil “Keksalarni e’zozlash” yili deb e’lon qilindi. Bu keksa bobo, buvilarimizga qaratilayotgan e’tibordan dalolatdir. Ularga mehr-muhabbat ko’rsatish hammamizning burchimizdir. Yurtimizda  ham bu borada katta chora tadbirlar o’tqazilmoqda .Qariyalar  nafaqasiga eng kam ish haqining yuz foizi qo’shildi, 1941-1945-yillarda urushda qatnashganlar pul mukofotlari topshirilib, ularning uy-joylarini ijtimoiy himoya qilinmoqda. Prezidentimiz keksa avlod vakillariga alohida e’tibor bermoqdalar. Bunda keksalarning salomatligi uchun har xil bepul dam olish maskanlari tashkil etildi.Yura olmaydigan, eshitmaydigan. Ko’rolmaydigan keksalarga yurtboshimiz tomonidan nogironlar aravachasi, eshitish aparatlari tarqatilmoqda.  Prezidentimizning Konstitutsiyaning 22 yilligiga o’tkazgan tadbirda ushbu  so’zlarni tilga olgan edi.
        –Biz keksalarni asrab avaylashimiz  kerak. Qarisi bor uyning, parisi bor. Keksalar xonadonimizning fayzi va farishtasi degan edilarю   
 
     Bejizga xalqimiz”Qarisi bor uyning parisi bor” deb aytishmaydi. Keksa kishi bor har bir uydan fayz-u baraka, nur yog’ilib turadi. Nuroniy otaxonlarimiz, onaxonlarimiz bizga bilmagan narsalarni o’rgatishadi, tushuntirishadi. Shuning uchun ham “Qri bilganni –pari bilmas”- deydi dono xalqimiz. Bobo-buvilarimizning aytganini qilsak, ularni e’zozlasak, ko’ngillariga ozor bermasak hech qachon kam bo’lmaymiz. Ular bizdan ko’proq narsani ko’rishgan, bilishgan.
Keksalarimiz  bizga hech qachon yomonlikni ravo ko’rishmaydi, faqatgina to’g’ri ish qilishimizni xohlashadi.
    
       Mening bobom va buvim mahalla ishlarida faol ishtirok etishadi. Mahallada hech bir kishi yo’qki, ularni ko’rganda salom bermay o’tadigan yoki  tanimaydigan.
     
     Ular yashagan yillari, tarbiyalangan farzand-u nabiralari bilan hammaga o’rnak bo’lib kelishmoqda. Yoshlarga maslahat gohida tanbeh beradilar. Mening bobom mahalla ishlarida faol ishtirok etib, juda ko’plab uylarda, mahallalarda hasharlar uyishtiradilar. Buvim esa ko’chamizda bolalarni yig’ib obodonlashtirish uyishtiradilar. Bobom va buvimni mahallada hamma-hamma hurmat qiladi. Bobom va buvim ko’rish uchun keladilar, hol-ahvol so’raydilar.     
        Hech ikkilanmay,   mening bobom va buvim  mahallamiz faxri deb ayta olaman. 
                 Keksalarning ko’ngli osmondek tiniq,
                 Farzandlar mehriga doimo intiq.
                 Hayot sabog’ini nabiralarga,
                Qo’lidan kelgancha o’rgatar to’liq.
                Bobolarning hech ham  o’chmaydi yodi,
                Ko’nglimizda har on mangu merosi.
                 Doimo yodimizda nurli ovozi,
                Keksalikning sehri bor bunda.